» » “Barselona” navbatdagi transferini e’lon qildi

“Barselona” navbatdagi transferini e’lon qildi


Kataloniyaning “Barselona” klubi Fransiyaning “Tuluza” jamoasi futbolchisi Jan-Kler Todibo transferini e’lon qildi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

19 yoshli Todibo markaziy himoya, qanotlarda harakat qila oladi. U shu yilning yoz oyida erkin agent sifatida “ko‘k-anor ranglilar” tarkibiga kelib qo‘shiladi. Futbolchi “Barselona” bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Joriy mavsum Todibo “Tuluza” safida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Ta’kidlash joiz, Todiboga Kataloniya klubidan tashqari “Real”, “Yuventus” va “Manchester Siti” kabi jamoalar da’vogarlik qilgandi.

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют