» » Samarqandda dafn marosimlari uchun millionlab pullar noqonuniy undirilgan

Samarqandda dafn marosimlari uchun millionlab pullar noqonuniy undirilgan


Samarqand viloyati tuman, shaharlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarida qabristonlar boyicha tekshiruv otkazilganda 9413 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi OzA.

Organish davomida viloyatda mavjud 1547 qabristonning 1056 tasiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgani, 172 ta qabriston atrofi devor yoki tosiq bilan oralmagani, 1035 tasining ichki yolaklari tamirlanmagani aniqlandi. Shuningdek, qabrlarni raqamlash va dafn etishni royxatdan otkazish daftarlarini yuritish ishlari bu boradagi nizom talablariga umuman javob bermasligi kuzatilgan.

Samarqand shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalaridan tashqari boshqa hududlarda qabriston mamuriyati tomonidan korsatiladigan xizmatlar uchun qatiyan belgilangan tariflar boyicha hisob-kitob qilish mexanizmi yolga qoyilmagan.

Samarqand shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining bu haqdagi buyruqlari ham boshliq tomonidan chiqarilib, shahar, tuman hokimlari bilan kelishilgan. Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini ornatish tartibi togrisidagi nizomga kora, qabristonlar mamuriyatlari tomonidan korsatiladigan pullik xizmatlar uchun tariflar viloyat hokimligi tomonidan belgilanishi lozim.

Buning natijasida Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan dafn etish marosimlari (qabr qazish) uchun korsatilgan pullik xizmatlardan 2017-yilda 140 million som, 2018-yilda 125 million som va 2019-yil boshidan buyon 37 million som pul mablaglari noqonuniy undirilgan.

Viloyatdagi qabristonlarni toza va ozoda saqlash uchun 20172018-yillarda fuqarolardan 286 million som xayr-ehson mablaglari tushgan. Ammo bu mablagning bor-yogi 14 million somi sarflangan.

Organish yakunlari boyicha Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi qonunbuzilishiga yol qoygan shaxslarni mamuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga 226 ta mamuriy taklif hamda obodonlashtirish boshqarmalariga 16 ta taqdimnoma kiritgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-05-2019, 16:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -