» » Adliya vazirligi: Ozbekistonda 1,5 mingdan ortiq qabristonning kadastr hujjatlari yoq

Adliya vazirligi: Ozbekistonda 1,5 mingdan ortiq qabristonning kadastr hujjatlari yoq


Adliya vazirligi tomonidan dafn etish joylari (qabristonlar)ni tashkil etish, saqlash va ulardan foydalanish sohasida huquqni qollash amaliyoti organildi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bolimi Daryoga xabar berdi.

Jumladan, hozirda Ozbekiston hududida jami 10 457 ta qabristonlar faoliyat yuritmoqda.

Otkazilgan tahlillar natijasi qabristonlardan foydalanish, ularni saqlash va obodonlashtirish boyicha quyidagi tizimli muammo

va kamchiliklar mavjudligini korsatdi.

Xususan, qabristonlarning 2 248 tasi ekologik, sanitariya, shaharsozlik meyorlari va qoidalariga javob bermaydi.

Masalan, aksariyat qabristonlar hududida quruq ot, barg, shox-shabbalar yoqish, qishloq xojaligi ekinlarini ekish va ostirish, uy hayvonlarini boqish va boshqa shu kabi sanitariya qoidalariga zid holatlar mavjudligini korish mumkin. Qabristonlar uchun ajratilgan yer uchastkasi maydoni amaldagi meyorlarga javob bermaydi, ularda hojatxonalar va chiqindilar uchun maxsus qutilar tashkil etilmagan.

Respublika boyicha jami 1 588 ta qabristonlarning kadastr hujjatlari mavjud emas. Natijada, qabristonlarning sanitariya muhofaza zonalarida noqonuniy ravishda turar va noturar joy obyektlari qurilgan.

Koplab qabristonlar muhandislik-kommunikatsiya (elektr, yol

va boshqalar) tarmoqlariga ulanmagan. Masalan, Samarqanddagi 1 307 ta hamda Qoraqalpogistondagi 233 ta qabristonlar elektr bilan taminlanmagan.

Shuningdek, jami 3 840 ta qabristonlarda yol va trotuarlar asfalt-beton bilan qoplanmagan (tuproq yollardan iborat) bolib, mazkur holat yogingarchilik paytida aholiga noqulayliklar tugdirmoqda.

Qonun hujjatlarida belgilab qoyilganligiga qaramasdan 2 655 ta qabristonlarda mamuriy binolar mavjud emas. Bu esa qabriston xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishlariga salbiy tasir korsatmoqda.

Qonunchilikda marosim xizmatlari boyicha tariflar Qoraqalpogiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanishi korsatilgan. Biroq, hududlarda marosim xizmatlarini belgilash boyicha yagona amaliyot mavjud emas. Natijada, marosim xizmatlari boyicha tariflarni belgilashda qonunbuzilish holatlariga yol qoyilgan.

Masalan, Jizzax, Samarqand viloyat hokimliklari tomonidan pullik xizmat korsatish boyicha tariflar tasdiqlanmagan.

Jumladan, Samarqand viloyatida qonun hujjatlariga zid ravishda Samarqand tuman hokimining orinbosari va Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi tomonidan 2016-yil yanvar oyida dafn marosimlari otkazganlik uchun kalkulyatsiya tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Namangan viloyatida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mazkur tariflar turli yillarda va har xil miqdorlarda belgilangan.

Mazkur holatlar dafn marosimlarini korsatganlik uchun fuqarolardan asossiz ravishda ortiqcha pul mablaglarini undirilishiga olib kelgan.

Jami qabristonlarning 1 807 tasida xayr-ehsonlarni yigish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanish tartiblariga rioya qilinmagan.

Qoraqalpogistonning Nukus shahri, Xojayli, Shomanoy, Qoraozak tumanlari, Toshkent viloyati Chirchiq, Olmaliq shaharlari, Yangiyol tumanida Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan xayr-ehsonlarning kelib tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi togrisida tegishli moliya organlariga hisobotlar taqdim etilmagan.

Yuqorida qayd etilgan muammolar ehson qutilariga tegishli pul mablaglari kelib tushmasligi hamda kelib tushayotgan mablaglarning hisobi yuritilmasligi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda.

Buning natijasida, qabristonlar hududini saqlash

va obodonlashtirish uchun yetarli xayr-ehson mablaglari shakllanmay qolishiga olib kelmoqda.

Qabristonlarda xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bogliq tashkiliy masalalarni hal etish boyicha komissiyalar faoliyati talab darajasida emas. Xususan, Qoraqalpogistonning Taxtakopir, Tortkol tumanlari, Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Termiz, Muzrabot, Sherobod tumanlari, Toshkent viloyati Chirchiq va Olmaliq shaharlarida komissiyalar tashkil etilmagan.

Qayd etish joizki, respublika boyicha 4 912 ta qabristonlarga ularni saqlash va obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy budjet hisobidan zarur mablaglar ajratilmay kelinmoqda.

Buning oqibatida, mazkur qabristonlar (Toshkent shahridan tashqari) ekologik, sanitariya, shaharsozlik meyorlari va qoidalariga muvofiq jihozlanmagan hamda qarovsiz holga kelib qolgan.

Masalan, Andijon viloyati Shahrixon tuman hokimining 2018-yil 26-martdagi 653-Q-son Qabriston qurilishi uchun qoshimcha yer maydoni ajratib berish togrisidagi qarori bilan tuman zahira fondidagi yer maydonidan Qumqayroq MFY fuqarolari uchun 1 gektar yer maydoni ajratilgan bolsa-da, ushbu qabristonga shu kunga qadar budjet mablaglari ajratilmaganligi sababli, ish faoliyatini boshlamagan. Bu esa, mazkur hudud aholisi uchun noqulayliklar tugdirib kelmoqda.

Bundan tashqari, qabristonlarni saqlash, ulardan foydalanish

va marosim xizmatlarini korsatish boyicha qorovul, dafn marosimi xizmatlari ishchisi, tozalovchi va nazoratchi kabi xodimlarga ehtiyoj mavjud.

Yuqorida qayd etilgan tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va obodonlashtirish boshqarmalariga qonunbuzilishi holatlariga yol qoyilmasligi togrisida 120 ta taqdimnoma,

24 ta ogohnoma, shuningdek qonunbuzarlikka yol qoygan mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasini korib chiqish togrisida 299 ta mamuriy takliflar kiritildi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan qabristonlarni obodonlashtirish va saqlash ishlarini yanada takomillashtirish, qabristonlarda xizmat korsatish sifatini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

qabristonlarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishni taminlash boyicha choralar korish;

qabristonlar hududida sanitariya-himoyalash zonalarini tashkil etish;

qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish ishlariga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini (autsorsing) joriy qilish;

Toshkent shahridagi qabristonlarga qoshimcha yer uchastkalarini ajratishni taminlash choralarini korish;

barcha qabristonlarga mahalliy budjet mablaglari ajratilishini taminlash.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-05-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -