» » “Yuventus” bosh murabbiylikka yangi nomzod topdi

“Yuventus” bosh murabbiylikka yangi nomzod topdi


“Latsio” bosh murabbiyi Simone Indzagi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports Italia xabar berdi.

O‘tgan haftada Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi 43 yoshli mutaxassis bilan uchrashgan. Ta’kidlanishicha, Simone “Yuventus”ga o‘tishga rozilik bergan.

Ma’lumot uchun, Indzagining Rim klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilda yakuniga yetadi. Joriy mavsum “Latsio” uning qo‘li ostida Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi va A Seriya yakunlanishiga bir tur qolganda musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Bundan tashqari “keksa sinyora” Mauritsio Sarri nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. “Chelsi” Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin. Uning o‘rniga “aristokratlar”ni “Derbi Kaunti” bosh murabbiyi hamda “Chelsi” sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard boshqarishi mumkin.

Avvalroq “Yuventus” mavsum oxirida Massimiliano Allegrini iste’foga chiqarishi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют