» » Temurjon Komilov Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Temurjon Komilov Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 20-may kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarini tayinladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Prezident qaroriga ko‘ra, Temurjon Komilov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. U xalq ta’limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas’ul hisoblanadi.

Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004-yil bakalavriyat va 2006-yili magistraturani tamomlagan. 2005—2017-yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.

2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018-yilda u Hisob palatasining Budjet tizimi budjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Temurjon Komilov ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Atabek Nazirov o‘rnini egalladi. Eslatib o‘tamiz, Atabek Nazirov 2019-yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют