» » Ukrainada Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukrainada Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Ukraina Davlat tergov byurosi davlat hokimiyati amaldorlariga qarshi davlatga xiyonat qilish va sud vakolatlarini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu haqda tegishli ma’lumot 21-may kuni DTB saytida chop etildi.

“Dalat tergov byurosi markaziy apparati inspektorlari tomonidan 2019-yilning 21-may kuni Andrey Portnov arizasiga ko‘ra, Sudgacha tergov yagona reyestriga Ukraina davlat organlarida alohida mas’uliyatli lavozimlarni egallagan mansabdor shaxslar tomonidan Ukraina Jinoyat kodeksining 109 (konstitutsiyaviy tuzumni majburan o‘zgartirish yoki ag‘darish, yohud davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan harakatlar), 111 (davlatga xiyonat) va 426-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan (harbiy xizmatchilarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishi) jinoyatlarni sodir etgani ehtimoli yuzasidan ma’lumotlar kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Gap 2018-yilning 25-noyabrida sodir bo‘lgan voqea haqida bormoqda. Unda Ukraina Harbiy dengiz kuchlarining uchta kemasi Rossiya chegarsini kesib o‘tib Kerch bo‘g‘oziga qarab yo‘l olgan edi.

Ukraina Davlat tergov byurosiga arizani Sobiq prezident Viktor Yanukovich administratsiyasining sobiq rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qilgan. U arizada Poroshenkoni 2018-yilning 25-noyabr voqealariga oid bir qator jinoyatlarda ayblagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют