» » BMT Ukrainaga Yanukovichning Putindan qo‘shinlarni kiritishni iltimos qilgan maktubini berdi

BMT Ukrainaga Yanukovichning Putindan qo‘shinlarni kiritishni iltimos qilgan maktubini berdi


Viktor Yanukovichning davlatga xiyonat qilish ishi bo‘yicha tergov BMT kotibiyatidan rasmiy yo‘l bilan sobiq prezident Viktor Yanukovichning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktubi fotonusxasini oldi. Bu haqda Ukraina Bosh harbiy prokuraturasi prokurori Ruslan Kravchenko ma’lum qildi, deb yozadi  “Korrespondent.net”.

2014-yilning 1-martidagi maktubda Viktor Yanukovich Vladimir Putindan Ukraina hududida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarini qo‘llashni iltimos qilgan.

Ukraina vakillari BMT kotibiyatidan ikki hujjatni olganligi ta’kidlanmoqda.

“Tergovchilar Nyu-Yorkka xizmat safari davomida Ukrainaning BMTdagi vakolatxonasi orqali Yanukovichning Rossiya prezidentiga murojaatini rasmiy hujjat sifatida tan olish haqidagi Churkinning murojaati fotonusxasi, shuningdek, Yanukovichning Putinga maktubi fotonusxasini oldi”, — dedi prokuror jurnalistlarga. U hujjat jinoiy ish materiallariga qo‘shilganligini ta’kidlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют