» » Matbuot Yanukovichning uchinchi o‘g‘li haqida ma’lumot berdi

Matbuot Yanukovichning uchinchi o‘g‘li haqida ma’lumot berdi


Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich hozirda uch yoshli o‘g‘lini tarbiyalamoqda. Bu haqda Ukrainaning qator nashrlari ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Aytilishicha, Yanukovich bilan fuqarolik nikohidagi Lyubov Polejay 2014-yili Rossiyada farzand dunyoga keltirgan. Polejay Ukrainani o‘sha yilgi voqealardan so‘ng tark etgani taxmin qilinmoqda.

Joriy yilning fevral oyida Yanukovich Der Spiegel gazetasiga bergan intervyusida rafiqasi Lyudmila bilan ajrashganini ma’lum qildi. Ular 45 yil davomida birga yashagan edi.

O‘sha intervyuning o‘zida sobiq davlat rahbari sobiq oshpazining singlisi Lyubov Polejay bilan norasmiy nikohda ekanligini tasdiqladi.

Polejayning turmushdan oldingi familiyasi Sodiqova bo‘lib, uning birinchi turmushidan Mariya ismli qizi bor.

Yanukovichning birinchi rafiqasidan Aleksandr va Viktor ismli o‘g‘illari bor edi. Kichik Viktor Yanukovich 2015-yili Baykal ko‘lidagi muz avtopoygasi chog‘ida halok bo‘lgan edi.

Ularning onasi Lyudmila Yanukovich hozir Qrimda istiqomat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют