» » Eron yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishni to‘rt baravar oshirdi

Eron yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishni to‘rt baravar oshirdi


Eron kam boyitilgan uran ishlab chiqarishni deyarli to‘rt baravar oshirdi. Bu haqda Eron Atom energiyasi tashkiloti vakili Bexruza Kamalvandiga tayanib, Tasnim agentligi xabar berdi.

Kamalvandi Eron 20-maydan boshlab yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishni oshirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (MAGATE)ni xabardor qilgan.

Shu bilan birga, Kamalvandining so‘zlariga ko‘ra, qaror sentifuglar miqdorining ortganini anglatmaydi. Eron boyitilgan uran hajmini faqat mavjud ishlab chiqarish quvvatini ishga solgan holda 3,67 barobarga oshirgan.

15-may kuni Erondan tahdid xavfi bo‘lgani sababli AQSh armiyasi o‘zining Iroqdagi harbiylarini yuqori darajadagi tayyorgarlikka keltirgan edi. Shu kuni Eron yadro dasturiga oid Umumiy keng ko‘lamli harakatlar rejasi (Joint Comprehensive Plan of Action)da nazarda tutilgan yadroviy dastur bo‘yicha ayrim majburiyatlarni bajarishni rasman to‘xtatgan.

Shundan so‘ng Tehron uranni boyitish bo‘yicha ishlarni davom ettirishi va uni chetga sotishi, shuningdek, Arak shahrida joylashgan og‘ir suvda ishlaydigan reaktor modernizatsiyasini to‘xtatishi mumkin. Eron rahbariyati agar bitimning boshqa ishtirokchilari 60 kun mobaynida kelishuv shartlariga erishmasa, shunday yo‘l tutishini ma’lum qilgan.

Eronning bunday qarorga kelishiga AQShning yadro bitimini buzgani va sanksiyalar joriy etgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют