» » Hindiston yangi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Hindiston yangi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirdi


Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) 22-may kuni har qanday ob-havoda, hatto quyuq bulutli sharoitda ham yer yuzasini kuzatish imkonini beruvchi RISAT-2B sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvafaqqiyatli uchirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Og‘irligi 615 kilogramm bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh ortilgan PSLV-C46 raketa tashuvchisi Bengal ko‘rfazining Shrixarikota orolida joylashgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da (Toshkent vaqti bilan 05:00 da) uchirilgan. So‘ng qurilma belgilangan orbitaga olib chiqilgan.

Hindiston harbiy havo kuchlarining “Miraj-2000” qiruvchi-bombardimonchisi 26-fevral kuni Pokiston hududidagi “Jaishi Muhammad” terrorchilik tashkiloti lageriga hujum qilgan edi. O‘shanda Hindiston tomoni ko‘p sonli terrorchilar yo‘q qilinganini bildirgan. Ammo Pokiston u yerda hech qanday lager bo‘lmagani, Hindiston samolyotlari o‘rmonli tog‘ yon-bag‘irlarini bombardimon qilib, tabiatga zarar yetkazganini ma’lum qilgan. Osmonni quyuq bulutli qoplaganligi sababli Hindiston sun’iy yo‘ldoshi hujum natijalarini isbotlovchi suratlarni ololmagan.

Hindiston OAVlarining ma’lum qilishicha, endi yangi sun’iy yo‘ldosh bilan 26-fevraldagidek holatlar takrorlanmaydi — eng zamonaviy radar bilan jihozlangan yangi sun’iy yo‘ldosh aniq ma’lumotlar olish va istalgan ob-havo sharoitida harakatlarni kuzatishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют