» » Hindiston dunyodagi eng yengil Kalamsat-V2 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Hindiston dunyodagi eng yengil Kalamsat-V2 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi


Hindiston 2019 yildagi birinchi — Kalamsat-V2 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Ushbu yo‘ldosh bir hafta ichida talabalar tomonidan yig‘ilgan va yog‘och kursidan ham yengilroq, deb xabar qildi Sputnik.

Xabar berilishicha, sun’iy yo‘ldoshning og‘irligi 1,26 kilogrammni tashkil qiladi. U uzunligi taxminan 10 santimetr bo‘lgan qirralarga ega o‘ziga xos kub ko‘rinishiga ega. Yo‘ldosh yaratilishiga taxminan 120 ming rupiy (1,7 ming dollar) sarflangan. Sun’iy yo‘ldosh bilan birga, PSLV-44 raketasi kosmosga Hindistonning 740 kilogrammlik Microsat-R harbiy yo‘ldoshi yetkazdi. U Yerdagi obyektlarning yuqori aniqlikdagi fotosyomkasi uchun mo‘ljallangan.

Kalamsat sun’iy yo‘ldoshning birinchi versiyasi 2017-yilda Tamilnad shtatidagi talabalar va o‘quvchilarning birgalikdagi urinishlari natijasida yaratilgan. Uning og‘irligi 64 grammni tashkil qilgan, biroq u Kalamsat-V2 dan farqli o‘laroq Yer orbitasiga olib chiqilmagan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hindistonlik talabalar yutug‘ini yuqori baholadi va hamma ishtirokchilarni muvaffaqiyatli parvoz bilan qutladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют