» » SpaceX Ispaniyaga tegishli sun’iy yo‘ldosh ortilgan Falcon 9 raketa tashuvchisini muvaffaqiyatli uchirdi

SpaceX Ispaniyaga tegishli sun’iy yo‘ldosh ortilgan Falcon 9 raketa tashuvchisini muvaffaqiyatli uchirdi


SpaceX kompaniyasi 6-mart, seshanba kuni Ispaniyaning 6 tonnali Hispasat 30W-6 aloqa sun’iy yo‘ldoshi ortilgan Falcon 9 raketa tashuvchisini muvaffaqiyatli uchirdi, deb xabar berdi “TASS”.

Raketa 4-mart kuni uchirilishi kerak edi, biroq SpaceX “qo‘shimcha sinov o‘tkazish” zarurati sababli uni 2 kunga kechiktirishga majbur bo‘ldi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Hispasat — SpaceX shu kunga qadar kosmosga olib chiqqan eng yirik geostatsionar sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi. Qurilma Yevropa, Shimoliy Afrika, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikaga telekommunikatsion signallarni uzatishga mo‘ljallangan.

Sun’iy yo‘ldosh Amerikaning SSL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Eslatib o‘ramiz, Falcon 9’ning so‘nggi parvozi 22-fevral kuni amalga oshirilgandi. SpaceX uning yordamida orbitaga PAZ sun’iy yo‘ldoshini, shuningdek, internet uchun mo‘ljallangan ikkita qurilmani olib chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...