» » Yaponiya koinotga kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Yaponiya koinotga kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi


Yaponiyaning aerokosmik agentligi (JAXA) koinotga Radar-5 kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib, xabar beradi “RBK”.

Kosmik kema Tanegasima kosmodromidan raketa tashuvchi — H-2A yordamida uchirildi. Uchirish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Telekanalning xabariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh Yer sathini kuzatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan. Sun’iy yo‘ldosh monitoring ishlarini yuritish bilan birga KXDRdagi harbiy faollikni ham kuzatib boradi.

Shuningdek, ballistik raketalarni uchirish kompleksining qurilish ishlarini nazorat qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari sun’iy yo‘ldoshga tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zararlarni baholash xizmati ham o‘rnatilishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshning optik tarmoqlari maxsus radioto‘lqin nurlar yordamida nafaqat yaxshi, balki kechgi yomon ob-havo sharoitida ham kuzatuvlarni olib borish imkoniyatiga ega.

Yaponiya bundan oldingi kuzatuv kemasini koinotga 2015-yilning fevralida uchirgan edi.

Shu yilning yanvar oyi o‘rtasida Yaponiya mitti sun’iy yo‘ldoshini dunyodagi eng kichkina — SS-520 raketa-tashuvchisi yordamida uchirgan. Lekin texnik nosozliklar sababli JAXA mutaxassislari parvozni to‘xtatishgan va kosmik kema dengizga qulagan edi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют