» » “Real” Mbappeni sotib olishga harakat qiladi

“Real” Mbappeni sotib olishga harakat qiladi


“Real” PSJ hujumchisi Kilian Mbappe atrofida ro‘y berayotgan vaziyatni o‘rganmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.

20 yoshli Mbappening 2018/19-yilgi mavsum eng yaxshilarini taqdirlash marosimidagi so‘zlari Madridda ijobiy baholanmoqda. Klub buni transferning muvaffaqiyatli amalga oshishidagi dastlabki qadam deb hisoblaydi.

“Qirollik klubi”ga o‘tish Mbappe uchun eng yaxshi variant hisoblanmoqda. Biroq parijliklar hujumchini sotmoqchi emas va 250 million yevrodan kam takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe Fransiya chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют