» » O‘zbekistonda yuridik kollejlar bitiruvchilarining 30 foizi universitetga test sinovlarisiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda yuridik kollejlar bitiruvchilarining 30 foizi universitetga test sinovlarisiz qabul qilinadi


Adliya vazirligi tasarrufidagi yuridik kollejlarda tahsil olgan iqtidorli, bilimli yoshlar Toshkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, suhbat orqali o‘qishga qabul qilinadi. Bunda kollej bitiruvchilari hududiy adliya organlari yo‘llanmasi bilan universitetga hujjat topshirishi kerak. Yo‘llanmalar kollej bitiruvchilari sonining 30 foizidan oshmasligi shart. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu yangilik Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lum qilindi.

Universitetga qabul uchun yakka tartibdagi suhbatda abituriyentlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunishi, ixtisoslikni tanlashda motivatsiyasi, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyati, intizomlilik, ijodkorlik qobiliyatlari va chet tilini bilish darajasi sinovdan o‘tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida universitetga test sinovlarisiz qabul qilingan yoshlar 3 yil uzluksiz ishlashi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan yuridik kollejlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

“Ilgari mamlakatimizda 7 ta yuridik kollej bor edi, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Dilshodjon Umarov. – Endilikda ular soni 14 taga yetib, Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Joriy yilda bu kollejlarga jami 3 ming 340 nafar o‘quvchi qabul qilinadi”.

Toshkent davlat yuridik universiteti bo‘lim boshlig‘i Otabek Soliyevning aytishicha esa, aksariyat yuridik kollejlarning o‘quv binolari, yotoqxonalari, sport maydonchalari talabga javob bermaydi. Ularning moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, shu jumladan, zarur o‘quv va sport asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash zarur.

Matbuot anjumanida yuridik kollejlarga kirish tartib-qoidalari haqida ham ma’lumot berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yuridik kollejlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovlar yozma imtihon shaklida huquqshunoslik, ona tili va adabiyoti (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Joriy yildan boshlab yuridik kollejlarga faqat 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi. Ular 2 yil davomida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. Davlat grantlari asosida esa kam ta’minlangan oila farzandlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ko‘zi ojiz o‘quvchilar tahsil olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют