» » Yuridik universitetga Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshirish mumkin

Yuridik universitetga Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshirish mumkin


2018—2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga hujjat topshirish Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 201 ta tuman va shahardagi markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu haqda yuridik universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Davlat xizmatlari markazlari xorijiy davlat fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, 16 yoshga to‘lmaganlar va magistratura bosqichiga topshiruvchi abituriyentlardan hujjatlar qabul qilmaydi.

Hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyent doimiy ro‘yxatda turgan joyidan qat’iy nazar o‘zi xohlagan tuman yoki shaharlardan biridagi davlat xizmatlari markazida hujjat topshirishi mumkin.

Abituriyent tomonidan quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:

Hujjatlarni qabul qilish xizmati bepul amalga oshiriladi.

Abituriyent ma’lumotlari Davlat test markazining maxsus “Abitur” bazasiga elektron tarzda kiritiladi. Maxsus foto-texnika vositasi yordamida abituriyentning surati olib qolinadi. Davlat xizmatlari markazi xodimi ma’lumotlarni 2 nusxada blankada chop etadi va nusxalardan birini abituriyentga berib, ikkinchisini maxsus yig‘ma jildga tikib qo‘yadi.

Davlat xizmatlari markazlari, Davlat test markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti qabul komissiyasi xodimlari bilan birgalikda abituriyentlarning soni doimiy kuzatiladi.

Hujjat topshirganlar 29—31-iyul kunlari abituriyent ruxsatnomasini olish uchun Toshkent davlat yuridik universitetining qabul komissiyasiga shaxsan murojaat qilishi shart. Qabul komissiyasi Davlat xizmatlari markazi orqali abituriyentlarga berilgan Davlat test markazi blankasini tekshiradi. Shuningdek, abituriyentning pasportidagi biometrik ma’lumotlarini maxsus skaner orqali tekshirib, barmoq izlarini oladi va maxsus ruxsatnomani beradi.

1—15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan test sinovlariga kirish jarayonida abituriyentlarning pasportidagi biometrik ma’lumotlar yana bir bor tekshiriladi va barmoq izlari identifikatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga qabul kvotasidan tashqari o‘rinlar sonining 2 foizi (12 nafar) miqdorida davlat granti asosida joy ajratildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun quyidagi imtiyozlar joriy qilingan:

a) amaldagi harbiy xizmatchining farzandlariga qabul kvotasidan tashqari kvotaning 5 foizi (30 nafar) miqdorida davlat granti asosida joy ajratildi;

b) xizmat davomida vafot etgan, og‘ir kasalliklarga chalingan, yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga  qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida imtiyoz taqdim etiladi — ular test topshirmaydi.

Xorijiy davlat fuqarolarining hujjatlarini qabul qilish 15-martdan boshlangan. Bugungi kunga qadar Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Turkmanistonlik abituriyentlar qabul komissiyasiga murojaat qilgan. Ular suhbat asosida universitetga qabul qilinadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha quyidagi yangiliklar joriy qilindi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют