» » O‘zbekistonda endi chorva hayvonlarining ham elekton ma’lumotlar tizimi shakllantiriladi

O‘zbekistonda endi chorva hayvonlarining ham elekton ma’lumotlar tizimi shakllantiriladi


Jahon banki O‘zbekistonning ikkita hududida sut ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasini amalga oshiradi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Shu kunlarda mavjud chorva mollarining elektron bazasini yaratish, ya’ni ularni identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Natijada har bir chorva bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarning elektron tizimi yaratiladi. Tizim tuman bosqichidan boshlab viloyat va respublika miqyosida nazoratga olinadi.

Unda chorva hayvonlarining sog‘ligi, yoshi, ular nima bilan oziqlanishi, qanday kasalliklarga qarshi davolangani, emlangani, qancha tuqqanligi kabi barcha ma’lumotlar jamlanadi. Balki, bu orqali chorva mollarini yo‘qolishi kabi holatlarga ham chek qo‘yilar.

Shu va boshqa bir qator masalalar haqida O‘zbekiston veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida xalqaro moliya institutlari, xususan Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, Fransiya rivojlantirish agentligi, Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida so‘z yuritildi.

“Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida bir qator yangiliklarni joriy etishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ta’kidlash joizki, chorvachilikni rivojlantirish, veterinariya xizmatlarini yanada yuksaltirish kelgusida O‘zbekiston fuqarolarini sog‘lom va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va eksport hajmini oshirishga zamin yaratadi. Shu maqsadda Jahon banki ikkita hududda sut ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasini amalga oshirmoqda. Xususan, Andijon davlat universiteti qoshida fermer va o‘qituvchilarga yangi texnologiyalarni o‘rgatish, malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilsa, Surxondaryoda sut yig‘ish markazi tashkil qilinadi. Bunda nafaqat shu hududdagi sutni yig‘ib olish va sotish, balki uni qayta ishlash imkoni ham yaratiladi. Bu borada doimiy hamkorlikda ishlash rejamiz bor”, — deydi xalqaro konsultant, Yevropa ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha menejeri Jan Lui Vo.

Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro epizootik Byuroning konsultantlari bilan hamkorlikda veterinariya xizmatini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun zarur asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar va xizmatlarning turlari va ularni xarid qilish uchun talab etiladigan investitsiyalar hisoboti tayyorlanmoqda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy ekspertlar jalb etilmoqda. Ayni vaqtda veterinariya xizmati laboratoriyalarini o‘rganish va kerakli tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha Xalqaro epizootik Byuro vakillari kutilmoqda.

Yig‘ilishda Veterinariya xizmatini rivojlantirish Konsepsiyasi borasida ham mulohazalar bildirildi.

“Yurtimizda chorvachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, go‘sht, sut va go‘sht-sut mahsulotlarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlab, eksportni amalga oshirish muhim masala. Shu bilan birga Konsepsiyada yurtimizdagi chorva hayvonlarining kasallanishini oldini olish, ularga tezkor tashhis qo‘yish maqsadida mavjud diagnostik markazlarini zamonaviy jihozlar bilan jihozlash, yosh va iqtidorli mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish alohida e’tiborda”, — deydi O‘zbekiston veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Jabborov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют