» » O‘zbekiston va Belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik imkoniyatlarini namoyish etdi (foto)

O‘zbekiston va Belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik imkoniyatlarini namoyish etdi (foto)


“G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida “Jangovar hamdo‘stlik—2019” shiori ostida kechayotgan O‘zbekiston–Belarus maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik davom etmoqda, bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

21—22-may kunlari har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari shartli dushman garovga olgan bir necha shaxslarni qutqarish hamda noqonuniy qurollangan to‘dalarning qurolli harakatlariga favqulodda barham berish maqsadida ularning qarorgohiga qo‘qqisdan hujum qilish operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quvlariga tayyorgarlik mashqlarini bajardi.

“Maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik davomida shartli dushman o‘rnashgan hududga yorib kirish hamda ularni butkul tor-mor qilish uchun ikki mamlakat maxsus kuchlari bo‘linmalari harbiy xizmatchilariga qisqa muddat vaqt ajratiladi. Bunda ular, eng avvalo, hujum rejasi va o‘z pozitsiyalarini a’lo darajada ado etishi lozim. Ayni damda kechayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari har ikki mamlakat harbiylarining dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirmoqda”, — deydi mayor Rasulxon Ahmedov.

Jangovar hamdo‘stlik harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirhli texnikalar orqali yorib kirish, guruhlarga bo‘lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to‘dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida hujum guruhiga qanotlardan yordamga o‘tish mashg‘ulotlarida belgilangan vazifalarni o‘zlashtirdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida o‘zbek—belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdi. Mehmon harbiylar Vatan himoyachilari tomonidan yasalgan tuzoqlar, bir va bir necha kunlik boshpanalarni o‘zlashtirish barobarida, o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va do‘stona munosabatda davom etmoqda. Ertaga, 23-may kuni mashg‘ulotlarning asosiy qismi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют