» » O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi


2019-yil 21-may kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, YeXHT hamda Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlarning doimiy vakili Sherzod Asadov YeXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir bilan uchrashdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili o‘rtasida ochiq va do‘stona muloqot o‘rnatilganini mamnuniyat bilan qayd etishdi, ikki taraflama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Arlem Dizer O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit yaratish, jurnalistlar nufuzi mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan harakatlarni, shuningdek, xorijiy yangiliklar saytlari va inson huquqlari bo‘yicha veb-resurslardan to‘laqonli foydalanish imkoni tiklanganini alohida e’tirof etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, xususan, OAV rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish va axborotlarni hech qanday to‘siqlarsiz olish kabi masalalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili mandati doirasida 2019-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda qator tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют