» » Zahar ichsang ham, avval tekshir. Sifatli anabolik vositalarni qayerdan sotib olish kerak?

Zahar ichsang ham, avval tekshir. Sifatli anabolik vositalarni qayerdan sotib olish kerak?


Yosh muallif, OzDJTU talabasi Dilbar Ismatullayeva Daryo uchun otkazgan surishtiruvida Testosteron dori vositasining Ozbekistonda sotilishi borasida uchraydigan muammolarni organdi.

Hozirgi zamonda nima kop, mashgulot zali kop. Yigitlarningkocha-koyda bekorchi bolib yurganidan kora sport bilan shugullangani, chiniqqani yaxshi, albatta. Lekin harakat qilmay turib mushak chiqaraman, osongina vazn toplayman deydiganlar ham, ahyon-ahyonda bolsa-da, uchrab turar ekan. Men esa buni bilmas edim, quyidagi suhbat bolib otmaguncha.

Dastlabki turtki

- Nimaga bunaqa ozib ketding?

- Zalga bormay qoydim, vazn beradigan dorilarni ham qabul qilmayapman.

- Qanaqa dori?

- Testosteron sport zallarida shugullanadigan yigitlar (bazida qizlar ham) vazn olish uchun qabul qiladigan narsa.

- Salbiy tasiri bor yoki yoqligini doxtirdan soramaganmiding? Dorixonada uni doxtir korsatmasisiz ham beraverdimi?

- Dorixonadan olmaganman-da. Ey, hozir unaqa narsalar sotadiganlar kopayib ketganku.

- Qonuniymi ozi?

- Bilmadim...

Keyingi qadam

Testosteron va boshqa anabolik vositalar, ularning tasiri haqida ilgariroq Daryo kolumnisti Sarvar Ganiyevning maqolasielon qilingan ekan. Bundan tashqari, Doctor D klinikasi asoschisi shifokor Dilmurod Ergashev ham ozining YouTubedagi vlogida shu mavzu doirasida bir nechta video joylashtirganbolib, unda ham ushbu vositalar, ulardan togri foydalanish tartibi hamda notogri foydalanish asoratlariga atroflicha toxtalib otilgan.

Sogliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xodimi Furqat Sanayev bilan boglanib, Ozbekiston Respublikasi hududida sotilishi mumkin bolgan, royxatga olingan farmatsevtik vositalar royxatini soradim. Bir necha axborot manbalariga qongiroq qilib bilgan malumotlarimdan aniq bolishicha, Sogliqni saqlash vazirligi saytining ochiq malumotlar portalidagi Ozbekiston hududidan royxatdan otgan dori vositalari haqida malumotlar mavjud va bazadagi malumotlar har on kunda yangilanadi. Unda Testosteron farmatsevtik vositasining Ukrainaning Farmak firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Testosterona Propionat nomli turiga va Eronda ishlab chiqilgan Testosteron Enantat 250 nomli turiga duch kelasiz.

Ikki toifa dorilar bor. OTS (over the country) va retsept bilan sotiluvchi. Testosteronni retseptsiz sotish taqiqlangan, deb javob berdi shifokor Sherzod Turdiyev u bilan shu masala yuzasidan boglanganimizda.

Telegram tarmogining qidiruv uchun moljallangan qismiga Sportivnoye pitaniye deb yozsangiz, messenjer sizga onlab savdo kanallari royxatini taqdim etadi.

Aslida tibbiy amaliyot natijasida zaiflashgan bemorlarni davolash uchun qollaniladigan ushbu vositani sportchi akalarimiz vazn yigish, mushak chiqarish maqsadida qabul qilarkan. Sizlarda Testosteron bormi?, deya bergan savolimga savdo kanallari sotuvchilarining toqqiz nafaridan Ha, bir nafaridan Yaqinda tugagan edi javobini oldim.

Soraganning aybi yoq, bu dorilar qayerda ishlab chiqarilgan?, mazmunidagi savolga Hindistonniki, Xitoyniki, Amerika, Aniq tozasi kabi turli javoblar berishdi. Oshanda menda tugilgan savol hozir sizning ham miyangizga kelgani aniq: Ukraina va Eronniki-chi?

Savdo dokoningiz qayerda joylashgan? degan savolga olgan javobim hammasidan ajoyib Bizda dokon yoq, biz faqat online savdo qilamiz. Litsenziya haqidagi savollarim esajavob orniga turli olib qochishlarga yoliqdi.

Qanday olib kirasizlar?

Savdogarlarning kopchiligi oz ishiga puxta ekan, sir boy bermadi. Urina-urina, axiyri bittasining tilini topdim. Hujjatga boshqa narsaning nomini rasmiylashtirib olib kiramiz, bular oshkora bolmaydi, tirikchilik, dedi u. Gap orasida chetga chiqib ketayotganini, tovarlari chegaradan otmay qolganini ham qistirib otdi. Ha, yana aytdiki, Xitoydan tankalar tovar olib kelyapti ekan.

Yoshingiz nechada?, deb soradim.Yigirma ikkida. Bale, yosh bolsangiz ham yuragingiz katta ekan, dedim. Tirikchilik-da, degan javob oldim. Orada rahmat ham aytib qoydi. Kongli kotarildi, shekilli.

Bojxonada nima gap?

Suratda Testosteronningtort turi 2531 dollar atrofida narxlangan. Sogliqni saqlash vazirligi royxatida mavjud Ukraina dorisining narxi poytaxtimizdagi dorixonalarda, Arzonapteka.uz xizmati taqdim etgan malumotlarga kora, 30 ming somdan, Eron dorisi esa 100 ming somdan yuqori narxlanmaydi. Yuqoridagi suratda korsatilgan (Testosterondan boshqa dorilarning ham ayrimlari Sogliqni saqlash vazirligi royxatida yoq) narxlarga etibor qarating. Testosteron qolda 50dollargacha narxda sotilmoqda.

Bu suratda Xitoyning ZPHC Pharm korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, uning narxi va murojaat qilinishi mumkin bolgan telefon raqami aks etgan. Olib kirish qiyin emasmi?, desam, Oson emas deyishdi. Lekin, menimcha, qiyin ham emas. Aks holda bu vositalar butun Ozbekiston boylab erkin aylanib yurar edimi? Kim tarqatyapti? Kim tekshiryapti?

Kim tekshirishi kerak?

Testosteronning boshqacha variantlari sport qoshimchalari royxatida bolishi mumkin degan oyda Sogliqni saqlash vazirligi masul xodimlari bilan boglandim va ularning yollanmasiga kora malumot olish maqsadida DSESning rasmiy saytiga kirdim. SES royxatidan otgan vositalar royxati bilan tanishdim. Baxtga qarshi, u yoq.

- Sogliqni saqlash vazirligi va DSES royxatida qayd etilmagan dori vositalarini sotish noqonuniy hisoblanadimi?

- Ha.

DSES xodimi bilan bolgan suhbat shu yosinda yakunlandi.

Xulosa

Shahar bedarvoza emas degan gap bor. Qani darvoza? Yoki men nimaningdir tagiga yeta olmadim, yoki bu yerda chindan ham nimadir bor. Bu borada rasmiylar fikrini kutib qolamiz.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 09:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -