» » O‘zbekistonning qaysi hududlarida ishsizlik darajasi eng yuqori ekanligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning qaysi hududlarida ishsizlik darajasi eng yuqori ekanligi ma’lum qilindi


22-may O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha 2019-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kengaytirilgan yig‘ilishida hisobot berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hisobot doirasida O‘zbekiston mehnat bozorining holati, ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ilk bor joriy qilingan davlat buyurtmasi mexanizmi, mehnat migratsiyasi, kasbga o‘qitish va tayyorlash, mehnat bozoridagi faol siyosatni moliyalashtirish va xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga doir so‘nggi uch-to‘rt oyda amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy yoritildi.

Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar va ularni hal etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, norasmiy bandlik tizimini tartibga solish mexanizmini shakllantirish, yashirin ish o‘rinlarini qonuniylashtirish, mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, kasbiy malakani baholash milliy tizimini joriy qilish singari dolzarb masalalarga urg‘u berildi.

Hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (o‘sish - 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o‘sish - 1,3%) nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o‘sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.

Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o‘tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida - 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.

Hisobot davomida mehnat sohasi istiqboli bo‘yicha vazirlik tomonidan olib borilayotgan ishlar ham qayd etildi. Jumladan, vazirlik tomonidan idoralararo mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligi va mehnat faoliyatining “shaxsiy tarixi”ni aks ettiruvchi “Yagona milliy mehnat tizimi” dasturi ishlab chiqilmoqda. Mazkur dastur ish bilan band har bir fuqaro va har bir ish o‘rnining hisobini yuritish, elektron mehnat daftarchasi va elektron mehnat shartnomalarini yuritish imkonini beradi.

Hisobot yakuni bo‘yicha yig‘ilishda mehnat sohasini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют