» » Aziz Abduhakimov YuNESKO sobiq rahbari bilan O‘zbekiston imijini shakllantirish masalasini muhokama qildi

Aziz Abduhakimov YuNESKO sobiq rahbari bilan O‘zbekiston imijini shakllantirish masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Abduhakimov YuNESKOning 2009—2017-yillardagi Bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashdi. Bu haqda Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Irina Bokova 2013-yilda “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lgani va o‘sha davrdan boshlab katta ijobiy taassurotlar qolganligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga hozirgi kunda O‘zbekistondagi ulkan ijobiy o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘layotganini mamnuniyat bilan bayon qildi.

U O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan ochiq va amaliy ish olib borayotgani, qo‘shni davlatlar bilan dolzarb masalalarni hal etib, ular bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani, inson huquqlarini ta’minlash kabi izchil islohotlar xalqaro maydonda e’tirof etilayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida, YuNESKO sobiq Bosh direktorining tajribasini inobatga olib, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan muloqotini samarali yo‘lga qo‘yish, mamlakat imijini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Irina Bokova O‘zbekiston madaniy merosi va tarixiy shaharlarini asrash borasida so‘nggi yillarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani, shuningdek, YuNESKO ekspertlari bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish va bu yo‘lda xalqaro darajada nufuzli mukofot ta’sis etish, muhim masalalar bo‘yicha xalqaro anjumanlar tashkil etish kabi takliflarni bildirdi.

Ushrashuvda jahonnning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston va undagi yangilanishlar haqida ma’ruzalar tashkil etish va jahon media maydonida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga yo‘naltirilgan axborotlarni ko‘paytirishga doir yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют