» » Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov: Test sinovlari natijalari 2-avgust kuni 22:00 dan keyin e’lon qilinadi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov: Test sinovlari natijalari 2-avgust kuni 22:00 dan keyin e’lon qilinadi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida mamlakat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni — 1-avgust bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Bosh vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 23 ta oliy ta’lim muassasalarining 154 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan.

Test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent ishtirok etgan. 1 393 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan. Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 434 nafar o‘qituvchi jalb etilgan.

Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, davlat granti bo‘yicha eng yuqori ball — 223,5, to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli 176,7 bo‘lgan. Shunda, davlat granti bo‘yicha o‘rtacha ball 142,9 ni, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 123,7 ni tashkil etgan.

“Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori ball: davlat granti — 223,5 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (rus) ta’lim yo‘nalishi; to‘lov-kontrakt — 176,7 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishi”, — deb yozadi bosh vazir o‘rinbosari.

Aziz Abduhakimovning alohida qayd etishicha, 1-avgustdagi test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida 22:00dan e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют