» » O‘zbekistonlik yana bir bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

O‘zbekistonlik yana bir bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Anvar Turopov (3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta nokaut) chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Unga ko‘ra, Turopov 30-iyun kuni rossiyalik Aleksandr Podolskiyga (10 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 4 ta nokaut) qarshi WBC Osiyo (Asian Boxing Council) chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Jang Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Anvar Turopov Vladimir Boxing promouterlik kompaniyasi bokschisi sanaladi. Mazkur kompaniyada O‘zbekistonning boshqa bokschilari Qudrattilo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut), Azizbek Abdug‘ofurov (12 ta g‘alaba, 4 ta nokaut), Ulug‘bek Sobirov (9 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) va Jasur Ahmadjonov (7 ta g‘alaba, 1 ta durang, 5 ta nokaut) kabi bokschilar shug‘ullanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют