» » Shohjahon Ergashev IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi

Shohjahon Ergashev IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (15 ta jang, 15 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) 15-fevral kuni(Toshkent vaqti bilan 16-fevral, tonggi soat 06:00 da) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi GoSport.

Shu kuni Shohjahon amerikalik bokschi Maykl Foksga (19 ta jang, 19 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang AQShning Kanzas shtatidagi “Kanzas Star” arenasida o‘tkaziladi.

10 raunddan iborat mazkur bellashuv super yengil vazn toifasining IBF International chempionlik kamari uchun kechadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohjahon Ergashevdan WBA International kamari olib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют