» » Isroil Madrimov chempionlik kamarini himoya qiladigan jang vaqti ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimov chempionlik kamarini himoya qiladigan jang vaqti ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1 ta jang, 1 ta g‘alaba) professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi GoSport.

Madrimov 9-mart kuni chempionlik kamarini himoya qilish uchun ringga ko‘tariladi. Jang Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan “TurningStone Resort&Casino” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Hozircha Isroilga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov WBA Intercontinental kamari sohibi sanaladi. U 2018-yilning 24-noyabr kuni debyut jangidayoq meksikalik Vladimir Ernandesni (10 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat) texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratib ushbu kamarni qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют