» » Xitoylik erkak Apple’ni aldab, 1,5 ming soxta iPhone’ni haqiqiysiga almashtirdi

Xitoylik erkak Apple’ni aldab, 1,5 ming soxta iPhone’ni haqiqiysiga almashtirdi


Kontrafakt smartfonlarni haqiqiysiga almashtirish Apple’ga deyarli 900 ming dollarga tushdi, deb xabar berdi “RBK”. Sud hujjatlariga ko‘ra, iPhone’lar yoqilmaganligi sababli mutaxassislar uni darhol tekshira olmagan. Ushbu firibgarlik xitoylik fuqaro, Linn-Benton kollejining sobiq talaba Syuan Szyan tomonidan sodir etilgan va u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Syuan Szyan 2016—2018-yillarda Gonkongdan doimiy ravishda ichida 20—30 tadan soxta iPhone bo‘lgan pochta jo‘natmalarini qabul qilgan. U soxta ismlardan foydalanib, kafolat asosida almashtirib berish uchun smartfonlarni Apple’ga yuborgan. Shundan so‘ng Amerikaning asl telefonlarini qayta sotish uchun Xitoydagi sheriklariga jo‘natgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yil davomida firibgar Apple’ga umumiy hisobda 2 mingta ishlamaydigan soxta smartfonlar yuborgan. Uning evaziga esa taxminan 1 500 ta haqiqiy iPhone smartfonlarni olib, ularning har birini taxminan 600 dollardan sotgan.

Endi xitoylik fuqaro 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi va 2 million dollar miqdorida jarima to‘lashi kerak. Tegrov bo‘yicha kelishuv doirasida Syuan Szyan Apple’ga 200 ming dollar to‘lashga rozi bo‘lgan.

The Washington Post’ning yozishicha, Apple firibgarlik haqida 2017-yilning iyulidayoq shubhalangan. O‘sha paytda kompaniya huquqshunosi qurilmani almashtirib berish haqida 150 ta talabnoma yuborgan xitoylik yigitning manziliga noqonuniy harakatlarini to‘xtatishni talab qilib xat yuborgan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, smartfonlarni almashtirish haqida Syuan Szyandan kelgan talabnomalarning 1 576 tasini rad etgan. Ammo 1 493 ta talabnoma qanoatlantirilgan bo‘lib, bu Apple’ga 895 ming dollar miqdorda zarar keltirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют