» » Makgregor Nurmagomedovga: “Kel, buni yana bir marta amalga oshiramiz”

Makgregor Nurmagomedovga: “Kel, buni yana bir marta amalga oshiramiz”


UFC sobiq chempioni irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov bilan kechgan jangdan so‘ng sodir bo‘lgan tartibsizliklarga izoh berdi.

“Jang tugadi, hammasi tugadi. U g‘alaba qozondi, uni hurmat qilgan holda tabriklayman. Ko‘ramiz, keyingi safar nima bo‘larkan?! Ishonchim komil, Nurmagomedov bilan yana jang qilaman. Kel, buni yana bir marta amalga oshiramiz”, — dedi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda rossiyalik g‘alaba qozongandi va setkadan sakrab o‘tib, irlandiyalikning murabbiylaridan biriga hujum qilgandi. O‘sha vaqtning o‘zidayoq Habib jamoasi a’zolari oktagonda Konorga hujum qildi. Nurmagomedovning so‘zlariga ko‘ra, Makgregor jangdan oldin uni haqorat qilgan. Shu sababli ushbu holat yuzaga kelgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют