» » Toshkent teleminorasidagi 5 yil oldin yirtilgan bayroq kelasi hafta boshigacha almashtiriladi

Toshkent teleminorasidagi 5 yil oldin yirtilgan bayroq kelasi hafta boshigacha almashtiriladi


Toshkent teleminorasining uchiga 2012-yilda Ozbekiston bayrogi ornatilgan. Bu bayroq ornatilgan Ozbekistondagi eng baland nuqta (375 metr) hisoblanadi, deb yozmoqda UZ24.

Afsuski, bayroq yirtilgan kecha yoki bugun emas, bir necha yildan buyon yirtiq holda hilpiramoqda. Bu haqda hozirga qadar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar davom etib kelmoqda.

Teleminora direktori vazifasini bajaruvchi Behzod Qochqorbekovning Qoshni mahallaga malum qilishicha, bayroqning yirtilgani rost va u yakshanbadan dushanbaga otar kechasi yangisiga almashtiriladi. Bayroqni almashtirish maxsus texnik sharoit talab etishi, yani buning uchun inshootdagi elektr tarmogini butunlay ochirish kerakligi aytildi.

Yirtiq bayroq tasviri aks etgan fotoni korgan direktor: Bu 5 yil avval olingan rasm, deya izoh berdi.

Holbuki, manbalarning takidlashicha, otgan yili shahar haqida videorolik suratga olinayotganda ham bayroq xuddi shunday yirtiq holatda bolgan.

Aybdor kim deya berilgan savolga shamol deb javob qaytarildi.

Jinoyat kodeksi 21-moddasida Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish uchun jazo choralari tayinlangan: yo eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 18:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -