» » O‘zbekistonda shaharlararo avtobuslar tungi vaqtda faqat ichki ishlar organlari hamrohligida harakatlanishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda shaharlararo avtobuslar tungi vaqtda faqat ichki ishlar organlari hamrohligida harakatlanishi mumkin bo‘ladi


Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 22-may, 424-son). Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:

Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi.

Avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda kechadi.

Ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar bevosita qatnov yo‘liga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan o‘tkaziladi.

Smenalar o‘rtasidagi dam olish vaqti 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilmaydi. 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa bunday avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi.

Xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtomobillarga hamrohlik qilish bepul amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют