» » O‘zbekistonda transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimi joriy etiladi


“Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida tatbiq etiladi va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent metropolitenida ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi negizida vazirlikning Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

2019-yil 1-apreldan boshlab yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasi tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют