» » O‘zbekistonning 4 ta viloyatida “Xavfsiz turizm”ga mas’ullar tayinlandi

O‘zbekistonning 4 ta viloyatida “Xavfsiz turizm”ga mas’ullar tayinlandi


O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Xorazm viloyati xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Muhammadjon Otaboyev, Buxoro viloyati xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Erkin Safarov, Samarqand viloyati xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Mirzoxon Zubaydullayev hamda Qashqadaryo viloyati xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Azizjon Saidxo‘jayev tayinlandi.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan edi.

Konsepsiyada mazkur viloyatlar IIBlarida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil etilishi, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida IIB boshliqlari o‘rinbosarlari hisoblanishi, shaxsiy tarkib esa tanlov asosida, birinchi navbatda, chet tillarini biladigan xodimlar jumlasidan shakllantirilishi nazarda tutilgan edi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют