» » Ozbekistonda yuridik kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish toxtatiladi

Ozbekistonda yuridik kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish toxtatiladi


Adliya vazirligining yuridik kollejlariga 2019/2020-oquv yilidan boshlab 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinmaydi. Bu haqda 22-may kuni Milliy matbuot markazida otkazilgan anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Dilshodjon Umarov malum qildi.

Adliya vazirligi tuzilmasidagi 14 ta yuridik kollejga 2019/2020-oquv yilidan boshlab 9-sinf bitiruvchilari emas, 11-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollej bitiruvchilari saralab olinadi. Ular kollejga davlat xizmatlari, kadrlar masalalari, agrar sektor, shartnomaviy masalalar, notariat, advokatura, ijro ishi boyicha yurist mutaxassisliklari boyicha tolov-kontrakt asosida oqishga qabul qilinadi. Oqish davri ikki yil, dedi prorektor.

Dilshodjon Umarovning qoshimcha qilishicha, kam taminlangan oilalar va kozi ojiz abituriyentlar hamda mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari maxsus ajratilgan orinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

Yuridik kollejlarga qabul qilish haqidagi arizalar 1-iyundan 20-iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Imtihon 110-iyul kunlari Huquqshunoslik (100 ballgacha) va Ona tili va adabiyoti (50 ballgacha) fanidan yozma shaklda bolib otadi. Har bir fan boyicha yozma imtihon uchun belgilangan eng yuqori balldan 55 foizini yoki undan kamni toplagan, shuningdek, belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar qabul qilinmaydi.

Anjumanda takidlanishicha, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga 2020/2021-oquv yilidan boshlab yuridik kollejlari bitiruvchilarining 30 foizi yollanma asosida test sinovlarisiz, faqat suhbat otkazish orqali qabul qilinadi. Oqish davri uch yil bolib, oqish tugaganidan song ularga taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyati qoyiladi.

Yollanma maxsus komissiya orqali beriladi. Unga kora, komissiya yuridik kollej bitiruvchisini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek, manaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbatdan otkazadi. Bunda bituruvchining oquv fanlaridan korsatgichlari 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi, faolligi va namunali xulq-atvorga egaligi hisobga olinadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -