» » O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar ko‘mir va tabiiy gazga muqobil boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar ko‘mir va tabiiy gazga muqobil boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga o‘tkaziladi


O‘zbekistonda energiya tejamkorlik mezonlariga muvofiq kelmaydigan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar 2021-yil 1-yanvarga qadar ko‘mirdan va tabiiy gazga muqobil boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Bu Prezidentning “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda:

Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutgan holda sement ishlab chiqaruvchilar, g‘isht zavodlari, so‘ndirilgan ohak ishlab chiqaruvchi sexlarning energiya tejamkorligini, shu jumladan, ko‘mirdan va tabiiy gazga muqobil bo‘lgan boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga o‘tkazish orqali bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash;

2019-yil 1-sentabrga qadar energiya tejamkorlik mezonlariga muvofiq keluvchi asbob-uskunalar va texnologiyalarni tasniflovchi koeffitsiyentlar, me’yorlar va mezonlar ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlash;

har yili 1-noyabrga qadar korxonalarni xatlovdan o‘tkazishni va tabiiy gaz sarfining shartli me’yorlari energiya tejamkorlik mezonlariga muvofiq keluvchi korxonalar ro‘yxatining tasdiqlanishini ta’minlash;

qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarni ko‘mirdan va tabiiy gazga muqobil bo‘lgan boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga o‘tkazishda atrof-muhitga yetkaziladigan zararni minimallashtirish bo‘yicha ekologik talablarga amal qilinishini ta’minlash;

tadbirkorlik subyektlari uchun mamlakatda qazib olinadigan ko‘mirning prognoz hajmlari va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi yillar va hududlar kesimidagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют