» » O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o‘rnatganlar 10 yil muddatga mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o‘rnatganlar 10 yil muddatga mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi


Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalari atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasidir.

Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Sohada qurilmalarni ishlab chiqarish, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan ta’minlash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Qonunga muvofiq:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni (nominal quvvati 0,1 megavatt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun 10 yil muddatga mol-mulk solig‘ini to‘lashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Energiya ishlab chiqarish uskunalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 5 yil muddatga soliqning barcha turlaridan ozod qilinadi.

Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют