» » “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi korxonalar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi korxonalar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Senatorlar tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan muhokama etildi deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Qonunda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda, u quyidagilardan iborat:

sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va davlat dasturlarini qabul qilish;

mamlakatning energetika xavfsizligini mustahkamlash, yoqilg‘i-energetika balansining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr, issiqlik energiyasi va biogaz ishlab chiqarishga doir qismini diversifikatsiyalash;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalarni, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish, ularni ishlab chiqarishni kengaytirish va mahalliylashtirishni rag‘batlantirish.

Shuningdek, davlat organlari – Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, ushbu sohadagi mahalliy davlat hokimli organlari vakolatlari ham belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Qonunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda. Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari nazarda tutilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalariga (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) mol-mulk solig‘ini to‘lashdan va ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga ozod etish shaklida imtiyozlar va preferensiyalar beriladi.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarga realizatsiya qilinadigan energiya hajmlari bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek Qonunda belgilab qo‘yilishicha, amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslarga egaligidagi mol-mulk muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddat jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i solinmaydi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanmoqda.

Jumladan, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va biogaz ishlab chiqarishda biogazni biomassadan shaxsan foydalanish uchun ishlab chiqarish chog‘ida ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar blok-stansiyalar shartlari asosida yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga ulanishi mumkin, ushbu manbalardan issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarga esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini hududiy va magistral issiqlik tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash masalalari ham nazarda tutilmoqda.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirishga, ishlab chiqarishga energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishga va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlar to‘liq bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют