» » Andijon davlat universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi

Andijon davlat universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi


Andijon davlat universitetida Yevropa ittifoqi “Erasmus+” dasturi qo‘shma loyihasi doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Laboratoriyaga Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan, qiymati 42,7 ming yevrolik 30 turdagi jihoz o‘rnatildi. Loyiha bosh muvofiqlashtiruvchisi etib L’Akuila universiteti (Italiya) professori Anna Tossi hamda milliy koordinator sifatida universitet professori Rayimjon Aliyev tayinlandi.

Laboratoriya Yevropaning 600 dan ziyod nufuzli universiteti onlayn tarzda ulangan Oksford universitetining Rezerford laboratoriyasi mikroelektronika va nanoelektronika qo‘llab-quvvatlash markazining Europractic tizimiga ulangan. Andijon davlat universiteti Urganch davlat universitetidan so‘ng O‘zbekistonda mazkur tizimga onlayn ulangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

Loyiha doirasida universitetda 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Ular uchun Yevropa standartlari asosida 12 ta o‘quv dasturi ishlab chiqildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Sankt-Peterburg politexnika universiteti, O‘sh davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda mahalliy olimlar, talabalar qatnashdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yevropa ittifoqining “Erasmus+” dasturi hamkorligidagi mazkur loyiha doirasida kelgusida Guliston va Qarshi davlat universitetlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llari institutida ham ana shunday laboratoriyalarni yaratish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют