» » Toshkent YHXB Facebook’ka joylashtirilgan video sabab qoidabuzarni jarimaga tortdi

Toshkent YHXB Facebook’ka joylashtirilgan video sabab qoidabuzarni jarimaga tortdi


21-may kuni Facebook’dagi “IIBB: Aholi bilan muloqot (Toshkent)” guruhida Ruslan Agoyev ismli foydalanuvchi tomonidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Nexia-3 avtomobilining videosi joylashtirilgan. Nexia-3 avtomobili yo‘lning “qayrilib olish” belgisi o‘rnatilgan qismida harakatni qarama-qarshi tarafga qarab amalga oshirgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar YHXB xodimlari mazkur murojaatni ko‘rib chiqib, 23-may kuni Nexia-3 avtomobilining 35 yoshli haydovchisiga nisbatan tegishli protokol tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, 4 va undan ortiq polosali ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda qarama-qarshi tomonga o‘tish taqiqlanadi. Ushbu qoidani buzgan shaxslarga nisbatan EKIH 10 baravari miqdorida jarima belgilanadi. Mazkur qoidabuzarlik ma’muriy chora ko‘rilganidan keyin bir yil davomida qayta sodir etilsa, EKIHning 20 baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют