» » Baynalmilal ko‘chasida qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan 26 haydovchidan 5 nafari 1,8 mln so‘mdan jarimaga tortildi

Baynalmilal ko‘chasida qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan 26 haydovchidan 5 nafari 1,8 mln so‘mdan jarimaga tortildi


Avvalroq Toshkent shahrining Baynalmilal ko‘chasida jami 26 ta avtomobil yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlangani aks etgan videoregistrator yozuvi e’lon qilingan edi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan xabar berishlaricha, videoyozuvdagi qoidabuzarlarga nisbatan choralar ko‘rilishi boshlangan.

Jumladan, tasvirdagi avtomobil haydovchilarining shaxsi aniqlanib, ularning manzillariga qoidabuzarlik haqidagi bayonnomalar yuborilmoqda. Hozirga qadar 5 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, 4 va undan ortiq polosali ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda qarama qarshi tomonga o‘tish taqiqlanadi. Ushbu qoidani buzgan shaxslarga nisbatan eng kam ish haqining 10 baravari (6-avgust holatiga ko‘ra, 1 843 000 so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Mazkur qoidabuzarlik ma’muriy chora ko‘rilganidan keyin bir yil davomida qayta sodir etilsa, EKIHning 20 baravari miqdorida jarima solinadi yoki bir yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют