» » “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan mikroavtobus haydovchisiga nisbatan chora ko‘rildi

“Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan mikroavtobus haydovchisiga nisbatan chora ko‘rildi


Mikroavtobus haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga harakatlanib o‘tganligi hamda yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlanib ketganligi bo‘yicha videolavha “Qalampir.uz” saytiga joylandi, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy sayti.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida ko‘rilgan choralar natijasida 29-noyabr kuni fuqaro 1991-yilda tug‘ilgan Irisbekov Abduqayum Abdusattor o‘g‘li, “BARS SERVIS TRANS” MChJga qarashli “GAZ-322132” rusumli 62-sonli marshrut yo‘nalishidagi mikroavtobusni Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotib, Intercontinental mehmonxonasining qarshisida svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan o‘tib, yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlanib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Irisbekovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-4 moddasi 1-qismi (transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tishi — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima) va 128-moddasi 3-qismi (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi — eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют