» » Andijonda o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida giyohvandlik moddasini saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida giyohvandlik moddasini saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyat IIBning xabar berishicha, 2017-yil 9-avgust kuni soat 17:00 da Andijon tumanida o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Yorboshi qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yo‘lning chetida turgan fuqaro o‘zini shubhali tutganligi uchun IIB xodimlari uning hujjatlarini so‘ragan.

Shunda fuqaro qo‘lidagi polietilen paketni tashlab qochmoqchi bo‘lgan. IIB xodimlari fuqaroni ushlab, shaxsiga aniqlik kiritgan. U Izboskan tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan M.J. bo‘lib chiqdi.

Uning yonidagi polietilen paket ko‘zdan kechirilganida, jami og‘irligi 1,574 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirgi vaqtda Andijon tuman IIB tergovga qadar tekshiruvni olib bormoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют