» » O‘tgan hafta O‘zbekiston yo‘llarida ro‘y bergan YTHlarda 216 kishi jarohatlandi

O‘tgan hafta O‘zbekiston yo‘llarida ro‘y bergan YTHlarda 216 kishi jarohatlandi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati tezkor ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada respublika avtomobil yo‘llarida jami 223 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 216 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 89 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, ularning 46124 tasi qo‘pol qoidabuzarlik sifatida qayd etilgan. Jumladan, 1783 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 14373 nafari belgilangan tezlik talablarini, 1584 haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini, 13739 nafari odam tashish qoidasini buzgani, 1343 haydovchi harakat vaqtida telefondan foydalangani, 1342 haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangani uchun to‘xtatilgan. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют