» » Julian Assanj AQShda 175 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Julian Assanj AQShda 175 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin


WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga nisbatan yana qo‘shimcha 17 ta ayblov e’lon qilinganidan so‘ng, unga jami 175 yil qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bu haqda AQSh Adliya vazirligiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.

“Assanj o‘ziga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgudek bo‘lsa, u har bir punkt bo‘yicha 10 yil ozodlikdan mahrum etiladi. Bunda qasddan kompyuterni buzib fitna uyushtirish uchun besh yil ozodlikdan mahrum etish jazosi hisobga olinmagan. Jami ayblovlar 175 yil ozodlikdan mahrum etish muddatini nazarda tutadi”, — deyiladi xabarda.

Xususan, Assanj josuslik to‘g‘risidagi qonunni buzishda, maxfiy axborot manbalarining ismini noqonuniy ravishda e’lon qilishda, shuningdek, til biriktirishda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Julian Assanj 11-aprel kuni Ekvadorning Londondagi elchixonasida qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют