» » Akfa Lighting kompaniyasi avtomobil chiroqlarini ishlab chiqarayotganini rad etdi. Ammo birinchi manba o‘z xabariga haligacha raddiya bermadi

Akfa Lighting kompaniyasi avtomobil chiroqlarini ishlab chiqarayotganini rad etdi. Ammo birinchi manba o‘z xabariga haligacha raddiya bermadi


21-may kuni “Daryo” internet nashri O‘zbekiston Milliy axborot agentligining “Avtomobil chiroqlari savdosi avjida: Kimlar foyda ko‘zlagan?” sarlavhali maqolasini chop etdi.

Ushbu maqolada muallif “Akfa Lighting” kompaniyasi ham avtomobil chiroqlarini ehtiyot qismlari bozoriga olib kirgani, biroq ular yangi bo‘lgani uchun chiroqlarni bozorda uchratmaganini yozgan.

“Akfa Lighting” kompaniyasi “Daryo” internet nashriga xat yo‘llab, ushbu ma’lumot asossiz ekanligini, kompaniya avtomobil chiroqlarini ishlab chiqarmayotgani va kelgusida ham rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. Biroq, “Daryo” da chop etilgan xabarga asos bo‘lgan O‘zbekiston milliy axborot agentligidagi maqola haligacha agentlik saytida turibdi. Shuningdek, agentlik o‘z maqolasiga raddiya ham e’lon qilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют