» » Ozbekistonda stop-chiziqni bosib kirganlik uchun jarima kamaytirildi

Ozbekistonda stop-chiziqni bosib kirganlik uchun jarima kamaytirildi


Ozbekiston Respublikasi prezidenti Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taminlash bilan bogliq ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunni imzoladi.

Ozbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga quyidagi ozgartish va qoshimchalar kiritildi:

128-moddaning birinchi qismidagi 128-3, 128-5, 128-6 va 130-moddalarida degan sozlar 128-3-moddasida, 128-4-moddasining birinchi qismida, 128-5, 128-6 va 130-moddalarida degan sozlar bilan almashtirildi;

128-4-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:

128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yol harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boysunmasdan toxtash chizigini bosib kirishi va otishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yol harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yolning qatnov qismidagi yol chiziqlari yoki yol belgilari bilan belgilangan toxtash chizigini bosib kirish,

eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yol harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boysunmasdan otishi,

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan osha huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qollanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bolsa,

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan osha huquqbuzarlik mamuriy jazo ikki marta qollanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bolsa,

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 14:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -