» » O‘zbekistonda militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun jazo kuchaytiriladi

O‘zbekistonda militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun jazo kuchaytiriladi


Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini tayyorladi, deb yozadi Sputnik.

Hujjat umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Yangi hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 219-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoxud unga nisbatan zo‘rlik ishlatish

Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish, xuddi shuningdek xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan hokimiyat vakiliga yoxud fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish –

eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga yoxud qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish, xuddi shuningdek ularga nisbatan hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish –

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritiladi:

194-modda. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik:

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

195-moddaning - Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

198-modda. Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют