» » Jizzaxda MIB xodimiga motoarra bilan tahdid qilgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

Jizzaxda MIB xodimiga motoarra bilan tahdid qilgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan bo‘lgan V.Mirzayev Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilariga faol qarshilik ko‘rsatishi oqibatida bugun panjara ortida o‘tiribdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

MIB Sh.Rashidov tuman bo‘limi davlat ijrochisi Jizzax viloyat iqtisodiy sudining “Mulla” xususiy korxonasidan “Marjona Sarvinoz” MChJ foydasiga 36 mln. so‘m ijara haqi undirish to‘g‘risidagi ijro ishi bo‘yicha korxonaga tegishli tosh maydalash karyerida ijro harakatlarini olib boradi. “ZL-50GL” rusumli avtoyuklagich (malyutka)ni xatlovga olishayotganida esa korxona qorovuli bo‘lib ishlayotgan V.Mirzayev ishlab turgan benzin dvigatelli arra (motopila) bilan davlat ijrochisiga tashlanib, Byuro xodimini uradi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining hukmiga ko‘ra, V.Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)ning 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 1 yil ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют