» » Jizzaxda MIB xodimi uyni elektrdan uzayotgan vaqti narvondan yiqitildi

Jizzaxda MIB xodimi uyni elektrdan uzayotgan vaqti narvondan yiqitildi


Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi mahallalardan birida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazildi. Bu haqda Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zafarobod tumani Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi 1987-yilda tug‘ilgan O.L.ning yashash uyiga elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini undirish maqsadida MIB xodimi kelgan.

“Uy egasi MIB tuman bo‘limi davlat inspektori D.J.ga nisbatan qo‘pollik qilgan, uni turli so‘zlar bilan haqoratgan. D.J. uyni elektr energiyasidan uzib qo‘yish maqsadida hisoblagich uskunasini muhrlayotganida, uni narvondan yiqitib tan jarohati yetkazgan”, — deyiladi IIB axborotida.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют