» » Mirzacho‘lda singil akasi ustidan militsiyaga shikoyat qildi. Akaning uyidan nasha topildi

Mirzacho‘lda singil akasi ustidan militsiyaga shikoyat qildi. Akaning uyidan nasha topildi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “Yerjar” mahallasida istiqomat qiluvchi 24 yoshli ayol birga yashaydigan akasidan shikoyat qilib, militsiyaga murojaat qildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Mirzacho‘l tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan ayol 1988-yilda tug‘ilgan akasi doimiy ravishda spirtli ichimlik va giyohvand modda iste’mol qilishini ma’lum qilgan.

“Mazkur murojaat o‘rganilib, gumonlanuvchining yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, gilam ustida polietilen idishda 13,5 gramm marixuana (nasha) giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan”, — deyiladi IIB axborotida.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют