WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Qibrayda 12 grammdan ko‘proq marixuana sotishga uringan ayol hibsga olindi
Qibrayda 12 grammdan ko‘proq marixuana sotishga uringan ayol hibsga olindi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida zangiotalik ayol giyohvand modda savdosi ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar IIB ma’lum qildi.
Xabarnomada aytilishicha, 9-dekabr kuni Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan 1969-yilda tug‘ilgan A.N.ning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Zangiota tumanida yashovchi uy bekasi, 1964-yilda tug‘ilgan N.B. Qibray tumanidagi kafeda A.N. ga 12,3 gramm marixuana moddasini bir million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?